Aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77,6 foizni tashkil qilmoqda

Bugungi kunda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77,6 foizni tashkil etadi. Bular xususida AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qilgan.

Ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng yuqori hududlar:

Toshkent shahri – 97,7 foiz;

Andijon viloyati – 90,9 foiz;

Xorazm viloyati – 90,4 foiz.

Ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hududlar:

Qashqadaryo viloyati – 59,4 foiz;

Surxondaryo viloyati – 62,9 foiz;

Jizzax viloyati – 70,4 foizni tashkil etmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.