O‘zbekistonda 1-apreldan AI-80 benzini narxi oshadi
2024-yil 1-apreldan AI-80 markali benzin narxlari yana oshadi, chunki shu sanadan unga qo‘llaniladigan aksiz soligʻi miqdori koʻtariladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shu sanadan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagicha oʻzgaradi:
1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz soligʻi:
➖ AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 soʻmdan 340 000 soʻmga (37 000 soʻmga);
aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 soʻmdan 271 000 soʻmga (29 000 soʻmga);
➖ dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 soʻmdan 326 000 soʻmga (35 000 soʻmga);
➖EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 soʻmdan 293 000 soʻmga (31 000 soʻmga);
2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi:
➖AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 soʻmdan 633 000 soʻmga (68 000 soʻmga);
➖ dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 soʻmdan 578 000 soʻmga (68 000 soʻmga);
➖ suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 soʻmdan 904 000 soʻmga (96 500 soʻmga) oshishi belgilangan.
Shu munosabat bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlangʻich narxlari 2024-yil 1-apreldan boshlab aksiz soligʻi oʻzgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlangʻich narxlarda amalga oshiriladi.
Sharhlar