Air Samarkand Samarqanddan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: Air Samarkand

“Air Samarkand” aviakompaniyasi Samarqanddan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar haftada ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur yo‘nalishdagi birinchi reys 29-sentabr kuni harakatlanishi rejalashtirilgan.

Juma kunlari aviaqatnov quyidagi jadval asosida olib boriladi:

  • 9S 101 Samarqanddan jo‘nab ketish — soat 07:30;
  • 9S 102 Toshkentdan jo‘nab ketish — soat 22:50.

Yakshanba kunlari esa quyidagi jadval asosida:

  • 9S 105 Samarqanddan jo‘nab ketish — soat 08:00;
  • 9S 106 Toshkentdan jo‘nash soat — 21:40.

Aviachiptalarni airsamarkand.comeasybooking.uz saytlaridan, shuningdek, O‘zbekiston aviakassalari orqali olish mumkin.

Chiptalar narxi bagaj bilan 76 548 so‘mdan boshlanadi. Mazkur narx aksiya vaqtida amal qilishi qayd etilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.