Akademik eshkak eshish boʼyicha Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyevning Olimpiyadadagi ishtiroki yakunlandi
Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari oʻz poyoniga yetdi.
Yengil vazn toifasidagi sportchilar oʻrtasidagi bellashuvlarda qatnashgan sportchilar C finalida ishtirok etib, 6:31.33 daqiqa ko’rsatishdi va 3-boʻlib marraga yetib kelishdi. Ushbu natija bilan juftliklar Olimpiadani 15-pogʻonada yakunlaydigan boʻlishdi.
Avvalroq, bugun O‘zbekistonning 8 nafar sportchisi Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar