Aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.Y. xaridor N.R. ga 2 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan umumiy bahosi 135,7 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan jami 4 701 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.V.” MCHJga qarashli savdo do‘koni sotuvchisi M.A. xaridorga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan 20 turdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 4 168 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.S.” MCHJga qarashli savdo shoxobchasi sotuvchisi I.M. xaridorga aksiz markasiz “Esse Change” nomli tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo shoxobchasidan umumiy bahosi 57,4 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 661 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar