Farg‘onada “ikkinchi xotin” ” birinchi xotini” erini bezovta qilmasligi uchun aliment pullarini oldindan to’lab berdi
Farg‘onada “ikkinchi xotin” turmush o‘rtog‘i aliment bahonasida birinchi ayoli bilan bog‘lanmasligi uchun aliment pullarini o‘z qo‘llari bilan oldindan to‘lab berdi va xayrlashish chog‘ida “birinchisi”dan erini boshqa hech qachon bezovta qilmasligini iltimos qildi.
Gap shundaki, Farg‘ona shahrida yashovchi K.M. va X.B.larning turmushi buzilgan, o‘rtadagi bir o‘g‘il va bir qiz esa onasi tarbiyasida qolgan.
Ota bo‘lmish K.M. 2023-yildan buyon aliment to‘lovlarini qoldirmasdan to‘lab kelgan. U aliment – farzandlarining haqi, ularning unib-o‘sishi uchun berilishi zarur bo‘lgan moddiy ta’minot ekanini ta’kidlagan.
Ikkinchi ayoli davlat ijrochisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktyabrdagi 808-son Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat uchun oldindan to‘lash mumkinligi haqida ma’lumot olgandan so‘ng aliment pullarini farzandlari voyaga yetgunga qadar oldindan to‘lab berishga qaror qilgan.
Aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i to‘liq olgandan so‘ng hujjatlar rasmiylashtirilib, Ijro hujjati taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan qonunning tegishli moddasi bilan tamomlandi.
Sharhlar