Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 630 nafar qarzdor shaxslar javobgarlikka tortildi
Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituvida voyaga yetmaganlarning moddiy ta’minoti va aliment undiruvi bilan bog‘liq 38.318 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari davomida joriy yilning o‘tgan davrida undiruvchilar foydasiga 76,2 mlrd. so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligi undirilishi ta’minlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar beryapti.
“Shuningdek, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 630 nafar qarzdor shaxslarga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan”, – deyiladi xabarda.
Qo‘llanilgan ma’muriy jazodan tegishli xulosa chiqarmay, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 88 nafar qarzdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Sharhlar