Alisher Gʻaniyev jahon chempioni bo’ldi
Avvalroq, o‘zbekistonlik kurashchi Alisher G‘aniyev jahon chempionati finaliga chiqqanligi haqida xabar berilgan edi.
Tiranada oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher Gʻaniyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Alisher G‘aniyev finalda neytral maqomdagi sportchi Dinislam Bammatovga qarshi gilamga chiqdi. Murosasiz bahs polvonimizning 8:4 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi va Gʻaniyev terma jamoamizga ilk medalni taqdim qildi.
Ulashish:
Sharhlar