Alisher Qodirov Dmitriy Medvedevning mehnat muhojirlarining farzandlari haqidagi so‘zlariga javob qaytardi

фото: nova24.uz

Alisher Qodirov Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning rus tilini bilmaydigan muhojirlarning farzandlarini maktabga kiritmaslik haqidagi chaqiriqlariga javoban, bolalarni kamsitish tilga bo‘lgan munosabatni shakllantirayotganini aytdi.

“Bolalarga nisbatan bunday shafqatsizlik kelajakda rus tiliga munosabatni shakllantiradi”, — dedi Qodirov.

Shuningdek, u “О‘zbekistonda rus tilini ommalashtirish uchun ajratilayotgan samarasiz mablag‘lar Rossiyadagi o‘zbeklarga rus tilini o‘rgatish uchun ishlatilsa, samaraliroq bo‘lishini” ta’kidladi.

Avvalroq, 31-oktyabr kuni Dmitriy Medvedev davlat migratsiya siyosatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhojirlarning bolalarini maktablarda o‘qitish mavzusini ko‘tarishga qaror qilgan edi. “Ijtimoiy funktsiya joylarida tez-tez muhokama qilinadigan vaziyat bor – bular maktablar va boshqa ta’lim muassasalari bo‘lib, ularga rus tilini bilmaydigan bolalar keladi. Buni hamma biladi va buni tugatish vaqti keldi”, – degandi u.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.