“Jamiyatni bunday odamlardan tozalash kerak!” – Alisher Qodirov qotillarni jamiyatda yo’qotishga chaqirdi
11-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Toshkentda uch yoshli bolaning o‘ldirilishi haqdagi xabar yuzasidan o’z munosabatini bildirdi.
Avvalroq Toshkentda erkak uch yoshli bolani shafqatsizlarcha o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. Bola ayolning birinchi turmushidan o’g’li bol’gan. Qodirovning fikricha, bolaga bunday shafqatsiz munosabatda bo‘lgan odam yashamasligi kerak.
“Kecha yosh bir go’dakka 20 marta pichoq urib o’ldirgan jinoyatchi sudda pushaymonligini aytib, 17 yilga qamaldi. 25 yoshli bu mahluq 42 yoshida qamoqdan jamiyatga kim bo’lib qaytadi? Hayvonlashib ketgan jinoyatchini soliqlarimiz hisobiga sog’lig’ini saqlab, qornini to’ydirib, boshqa inson bo’lib qolishini kutib o’tirish mantiqsiz! Jamiyatni bunday odamlardan tozalash kerak!”, – dedi deputat.
Sharhlar