Alisher Yusupov bronza medal uchun kurashadi

Фото: НОК

Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher Yusupov medallar uchun kurashni davom ettiradi. Tojikistonlik Temur Rahimov bilan chorak finalda bellashgan sportchi imkoniyatni boy berdi va bronza medali uchun o’tish bosqichida qatnashadi.

Endi u gruziyalik Guram Tushishvili va fransiyalik Teddi Riner o’rtasidagi bahsda mag’lub bo’lgan dzyudochiga qarshi tatamiga chiqadi.

Avvalroq, Alisher Yusupov ham musobaqani g‘alaba bilan boshlagani haqida xabar bergan edik.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.