Alisher Yusupov ham musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alisher Yusupov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.
Slovakiyalik Marius Fizel bilan bahs olib borgan sportchi chiroyli gʻalabasi bilan chorak final ishtirokchilari qatoridan joy oldi. Endi u yarim final yoʻllanmasi uchun tojikistonlik Temur Rahimov bilan bellashadi.
Avvalroq, Safina Sadullayeva Olimpiyadadagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlagani haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar