Alisher Yusupov O’zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi bronza medalini keltirdi

Фото: НОК

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston delegatsiyasi g’aznasi yana bir bronza medali bilan boyidi. Mazkur medalga dzyudochi Alisher Yusupov mualliflik qildi.

+100 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag’lub etishga muvaffaq bo’ldi.

Shu tariqa, O’zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.