Alisher Yusupov to’g’ridan-to’g’ri bronza medali uchun kurashadi

Фото: OlympicUz

Dzyudochi Alisher Yusupov o’tish bosqichidan erkin o’tadigan bo’ldi. Chorak finalda mag’lubiyatga uchragan gruziyalik Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilingani bois sportchi to’g’ridan to’g’ri bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Medal uchun bahsda Yusupovga yaponiyalik Tatsuru Saito va janubiy koreyalik Kim Min Jong o’rtasidagi bahsda mag’lubiyatga uchragan sportchi raqiblik qiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.