Alkogol va tamaki mahsulotlari bozoriga XXR tajribasi olib kiriladi

Foto: Department_uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi Tamaki monopoliyasi boshqarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida alkogol va tamaki bozorini tartibga solishda xorijiy kompaniyalar tajribasini o‘rganish, milliy tizimga ularning mazkur sohadagi yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan qulay investitsiya sharoitlari haqida ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida, Xitoy davlati delegatsiyasi Tamaki monopoliyasi boshqarmasi faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlarining zamonaviy tendensiyalari haqida ma’lumotlar berib, xalqaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.