Alkogolsiz deya ko’rsatilgan ichimliklar energetik bo’lib chiqdi
“Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Koreyadan keltirilgan qiymati 41,2 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi 16,3 ming litr ichimliklar bojxona yuk deklaratsiyasida alkogolsiz va gazlanmagan qahvali ichimlik tarzida ko‘rsatilgani aniqlandi.
Ammo, bojxona ko‘rigi davomida ushbu mahsulot tarkibiga nisbatan shubha tug‘ilganligi sababli ichimlik namunalari Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazildi.
Ekspertiza xulosasiga asosan mazkur ichimliklar energetik va tektiklantiruvchi ichimlik ekanligi ma’lum bo‘ldi va ushbu tovarlarga nisbatan salkam 37 mln so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Huddi shundan holat “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida ham fosh qilindi. Unda xorijdan keltirilgan 47,5 ming litr energetik ichimliklar bu gal hujjatlarda kuchli gazlangan ichimlik tarzida qayd etilgan. Hozirda ushbu mahsulotlarga nisbatan ham salkam 80 mln so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning 1-aprelidan boshlab O‘zbekistonda ham energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarning har bir litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Sharhlar