O‘zbek alpinistlari O‘zbekistonning eng yuqori nuqtasiga ko‘tarildi
Tarixda birinchi bor o‘zbek alpinistlari O‘zbekistonning eng yuqori nuqtasi – mamlakatning Surxondaryo viloyatida joylashgan 4668 metr balandlikdagi cho‘qqiga ko‘tarildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Toqqa ko‘tarilish shimoli-g‘arbiy tomondan amalga oshirilib, u murakkabligi jihatidan 4 A toifaga ega.
Mamlakat bayrog‘i bilan birga cho‘qqiga ko‘tarilgan alpinistlar ushbu voqeani Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuniga bag‘ishladi.
Alpinistlar mamlakatimizda sodir bo‘layotgan keng ko‘lamli islohotlar va ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirishini nazarda tutgan holda ushbu cho‘qqiga “Yangi O‘zbekiston” nomini berishni taklif qildi.
Ta’kidlash joizki, cho‘qqiga ko‘tarilish tajribali alpinistlar tomonidan ko‘p oylik tayyorgarlik va bir haftalik ekspeditsiya natijasida amalga oshirildi.
Sharhlar