Amirxon Sodiqov argentinalik raqibidan ustun keldi

Фoтo: НОК

Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Amirxon Sodiqov pley-off bosqichidagi ishtirokini boshladi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Ilk davrada argentinalik Damian Jarabilla bilan toʻqnash kelgan sportchi 6:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Biroz avval, bayroqdor Abdumalik Xalokov Olimpiya oʻyinlarini muvaffaqiyatli boshlagani haqida xabar berilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.