Amirxon Sodiqov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Фото: НОК

Turkiyada oʻtayotgan kamondan otish boʻyicha jahon litsenzion turniri oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Amirxon Sodiqov yakkalik dasturida Olimpiada yoʻllanmasiga sazovor boʻldi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

“Qayd etish joiz, Ziyodaxon Abdusattorova Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun ushbu sport turida tarixiy dastlabki Olimpiada yoʻllanmasini taqdim qilgan edi. Bugun yoʻllanmalarimiz yanada koʻpaydi. Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu yoʻllanma evaziga Sodiqov Olimpiya oʻyinlarida Abdusattorova bilan mikst dasturida ham qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritdi”, – deyiladi xabarda.

Shu tariqa, Amirxonning bugungi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan delegatsiyamiz kamondan otish sportida uchta yo’llanmaga ega chiqdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.