Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Hasanboy xonadonida jarayonni kuzatdi
Boks bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida -51 kg vazn toifasida hamyurtimiz, Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov Parijdagi olimpiada finalida Fransiya vakili Billal Bennamani ishonchli tarzda mag‘lub etib Parij-2024 Olimpiadasi oltin medaliga ega chiqdi.
Ushbu jarayonlarni Hasanboyning oila-a’zolari bilan birga viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonov hamda viloyat faollari, bokschining xonadonida tomosha qilishdi.
Boks olamida “Olimpiada professori” deya nom qozongan Hasanboy Do‘stmatov final bahsida, oltin medal uchun jangga kirishdi va ikkinchi bor olimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritdi. Viloyat rahbari sportchning yutug‘i bilan barchani tabrikladi.
Ulashish:
Sharhlar