Andijondagi maktabda kech qolgan o‘quvchi qizlarni o‘tirib-turishga majburlagan xodimga intizomiy chora ko‘rildi

Foto: yandex.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 5-umumta’lim maktabida kech qolgan o‘quvchi qizlar o‘tirib-turish mashqlarini bajarayotgani aks etgan video tarqaldi. Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holat yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan holat joriy yilning 12-sentabr kuni sodir bo‘lib, maktabning 10-“Z” sinf o‘quvchilari soat 9:20 da maktabga kelishgani, ular tomonidan muntazam darsga kech qolish holatlari kuzatilayotgani bois maktabning ma’sul xodimi D.T tomonidan o‘quvchilar tartibga chaqirilgan.

Ushbu holat maktab direktori tomonidan nazoratga olinib, o‘quvchilar darslarga kiritib yuborilgan hamda o‘quvchilarning ota-onalari bilan dars jarayonlari 8:00 dan boshlanishi va ushbu vaqtda o‘quvchilarning maktabga kelishlarini ta’minlash zarurligi yuzasidan suhbat olib borildi.

Shuningdek, maktab direktori tomonidan ma’sul xodim D.Tga o‘quvchilar bilan pedagogik etika qoidalariga rioya etgan holda munosabatda bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.