Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlariga hokimlar lavozimiga tasdiqlandi
Bugun Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Unda Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod — Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod — Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodi Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod Akmaljon Mahmudaliyev Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ulashish:
Sharhlar