Andijon va Toshkent viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri va Andijon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “K.R.” va “I.Ch.” MCHJlarning mas’ul shaxslari “R.” nomli choyxona hamda ishlab chiqarish sexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga yashirin ulanib, jami 717,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.B.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 309,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar