Andijon viloyati hokimining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishdan olindi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Abdullayeva Gulnora Ma’rufjanovna boshqa lavozimga o‘tayotganligi sababli hozirda egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar beryapti.

U ushbu lavozimda 2022 yilning mart oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. Xozirda uni qanday ishga o‘tgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.