Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari ushlandi

фото: пресс-служба Андижанского хокимията

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari – viloyat investitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Hamroуev byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda manbaga tayanib Kun.uz xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tekshiruvlar chog‘ida uning uyidan uch million dollar topilgan. U byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanib hibsga olingan.

Hozirda Botirjon Hamroуevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Botirjon Hamroуev 2019-yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Oktyabr oyining boshida u o‘z lavozimini tark etgandi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.