Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Mamajonov Shohruxmirzo Olimjonovich Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sh. Mamajonov 2006-yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2009-yil magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qon quyish stansiyasida uslubchi-vrach sifatida boshlagan.
Turli yillarda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining tibbiy xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Sh. Mamajonov Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Sharhlar