Andijonda kuchli sel tufayli ko’prik qulab tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi ko‘prik kuchli sel oqibatida qulab tushgani haqda xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati bunga munosabat bildirdi.
Ma’lum bo’lishicha, ushbu ko‘prik Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari bog’lab turush vazifasini bajargan. Ko’prikning qulashi uning yonidan o’tgan gaz trubalariga ham zarar yetkazgan.
Ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda.
Sodir bo‘lgan voqea oqibatida tan jarohati olganlar yoki qurbon bo‘lganlar yo‘q. Boshqa barcha holatlar bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha axborotlar ma’lum qilib o‘tiladi.
Sharhlar