Andijon viloyatida qariyb 600 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi
Andijon viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Birinchi holat Beshpaxlavon tumanidagi nasos stansiyasi hududida aniqlangan.
Stansiya xodimlari tomonidan g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarishda 411,4 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Huquqbuzarlar suv nasosini umumiy elektr tarmog‘iga ulagan.
Ikkinchi holat Xonobod shahrida sodir bo‘lib, mahalliy korxona xodimlari 200,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlar.
Holat yuzasidan 169-modda (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar