Andijondagi zavodda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Kun.uz

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi “Uz Koram Ko” MChJ korxonasida yong‘in bo‘layotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.

10-sentabr kuni soat 23:58 da Andijon shahar Yangi aylanma ko‘chasida joylashgan “Uz Koram Ko” MChJda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan, soat 00:06 da aytilgan manzilga YoQElari yetib borgan va soat 00:55 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida MChJning shamollatish ventelyatsiya shaxtasida 90 m.kv maydonda bo‘yoq qoldiqlari yonib zararlangan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.