Andijonda davlat texnika instituti tashkil etiladi
Prezidentning 2024-yil 18-noyabrdagi 396-son qaroriga asosan Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot-qurilish instituti, shuningdek, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.
Yangi institutning asosiy vazifalari:
- Avtomobilsozlik, energetika, qurilish, to‘qimachilik va boshqa sohalarda mutaxassislar tayyorlash.
- 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab “energetika”, “sun’iy intellekt”, “mexatronika va robototexnika” yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni qabul qilishni oshirish.
- Talabalar bilimi va pedagogik faoliyatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish.
- “Yagona oyna” tamoyili asosida talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish.
- Iqtidorli talabalarni chet tillari bo’yicha o’qitishni tashkil etish.
Qayta tashkil etilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar yangi institutda o‘qishni davom ettiradi, 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilari esa Andijon davlat texnika institutining diplomlariga ega bo‘ladilar.
Ulashish:
Sharhlar