Andijonda elektr hisoblagichni zararini kamaytirmoqchi bo‘lgan ETK yuriskonsulti ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon tumani ETK “Kuygan-yor” bo‘limi yuriskonsulti A.G‘. tadbirkor S.Z.ning ishonchiga kirib, uning “Oq-yor” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha hisoblangan 64 mln so‘m zararni 9 mln so‘m evaziga kamaytirib berishini aytib, dastlab 1 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 8 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar