Andijonda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan choyxona va “Paynet” shoxobchasi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi va shahar elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazildi. Unda “I.i.” MCHJ mas’ul shaxslari, fuqaro O.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Forobiy” MFY hududidagi “Sh.” nomli choyxonasidagi uskunalarni hamda Boburshoh ko‘chasidagi “Paynet” shoxobchasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 288,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar