Erkak sobiq ayolining behayo rasmlarini tarqatib yubordi
Andijon viloyatida yashovchi (ayol) S.T. murojaat qilib, o‘zining rasmlari noma’lum shaxs tomonidan telegram messenjerida tarqatib yuborganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi M.M. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M. aslida jabrlanuvchi ayol S.T.ning sobiq turmush o‘rtog‘i ekanligi, shuningdek uni obro‘sizlantirish maqsadida telegram messenjerida akkaunt yaratib, S.T.ga tegishli bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi behayo foto va videotasvirlarini mazkur akkauntning bosh sahifasi hamda istoriyasiga (tarixiga) joylab, tarqatib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan JKning 139,140 va 141/3-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar