Andijonda erkakka bir guruh niqobli shaxslar hujum qilishdi
Niqobli hujumchilar belgilanmagan mashinalarda yetib kelib, yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinaga tosh otishgan. Andijon viloyati prokuraturasi gumondorlardan biri qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 20-noyabr kuni fuqaro Y.D va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro L.A.ga nisbatan guruh tuzib, uni talon-taroj qilishgan. Ular L.A. o’zining “Cobalt” mashinasida naqd pul olib yurishini bilishgan.
Jinoyatchilar “Lacetti” va “Cobalt” rusumli avtomashinalarning davlat raqamlarini olib, pul olib ketayotgan fuqaroning orqasidan ergashgan. “Yoyilma” mahallasidan oʻtuvchi “Andijon-Asaka” avtomobil yoʻlining chetida toʻxtaganida taʼqibchilar unga hujum qilishgan.
Biroq jabrlanuvchi o‘z mashinasida voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro Y.D.ga nisbatan protsessual ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Sharhlar