Andijonda fuqaro yonidan 700 gramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi topildi
Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Nexia 2” rusumli avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlanib kelayotgan fuqaro belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida fuqaroning yonida bir dona qora rangli o‘ram borligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur o‘ram ochib ko‘rilganida esa ichida jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda borligi aniqlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra mazkur modda sof og‘irligi 660.82 gramga teng bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi tasdiqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar