Andijonda kiyim-kechak do‘koni yonib ketdi
14-avgust kuni soat 15:54 da Andijon shahrining Furqat ko‘chasida joylashgan turar-joy binosiga tutash kiyim-kechak do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar beradi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining matbuot xizmati.
Soat 16:02 da o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari voqea joyiga yetib kelgan. Soat 16:20da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida turar-joy binosi va do‘kon maydonining jami 70 metr kvadrat maydoni yonib ketgan.
Hech kim jabrlanmagan.
Hozirda hodisa sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ulashish:
Sharhlar