Andijonda yilga 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqariladi
Xitoy-Andijon hamkorligi – 100 million dollarlik yangi loyiha quriladi. Prezidentimiz topshiriqlari ijrosi doirasida Andijonda xalqaro hamkorliklar yanada rivoj topmoqda.
Xitoyning “Faw Trucks” kompaniyasi rahbariyati vakillaridan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi. Delegatsiya Andijon hokimligi rahbariyati tomonidan qarshilanib, muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralarga ko‘ra, kompaniya hamkorligida Andijonda umumiy qiymati 100 million dollar bo‘lgan loyiha qurilishi boshlanadi. Loyiha yillik 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, qurilish ishlarini noyabr oyidan boshlashga kelishib olindi.
Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari Andijondagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy sanoat zonasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, “NAWAS” brendi ostida havo tozalash uskunalari, konditsionerlar ishlab chiqarish loyihasining bugungi kundagi qurilish ishlari haqida yaqindan ma’lumot berildi.
“Faw Trucks” kompaniyasi delegatsiyasining viloyatimizdagi tashrifi davom etmoqda.
Sharhlar