Andijonda yo’lning bir qismi cho’kdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijondagi chorrahada yo‘l cho’kdi” nomli video tarqaldi. Bu haqda Andijon viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasiga tayanib, Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, ushbu videoda koʻrsatilgan yoʻl Andijon shahridagi “Namangan-Uychi-Uchqrgan-Xaqulobod-Andijon shahri” yoʻnalishi boʻyicha avtomobil yoʻlining bir qismidir.
Xabarga ko’ra, joriy yilning 31-oktabr kuni mazkur yo‘lning suv tarmog‘ida avariya sodir bo‘lib, asfalt qoplamasiga jiddiy zarar yetkazgani qayd etilgan. “Masul shaxslar zudlik bilan zarur taʼmirlash ishlarini olib borishdi”, — deyiladi xabarda.
6-noyabr kuni yana suv taʼminotida nosozlik aniqlandi, bu esa asfalt yuzasining yanada choʻkib ketishiga olib keldi. Mas’ul tashkilotlar yo‘lda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida vaziyatni nazoratga oldi, deyiladi.
Sharhlar