Andijonda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Фото: Андижон вилояти ЙҲХБ

Andijon viloyati Marhamat tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar bermoqda.

Hodisa 29-iyun kuni soat 20:50 larda, Marhamat tumani “Gar-Gar” MFY hududidan o‘tgan 4R-138 avtomobil yo‘lining 33 km.da yuz bergan.

24 yoshli haydovchi o‘zining Nexia-2 rusumli transport vositasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborishi natijasida, asosiy yo‘ldan kelayotgan Matiz rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan va Matiz transport vositasining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketishi oqibatida, o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia va Tracker rusumli transport vositalari bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu YTH oqibatida, Matiz avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan, shuningdek, transport vositalari texnik shikastlangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.