Andijondagi bog’chada tarbiyachi vazifasiga e’tiborli bo’lmaganligi uchun ishdan olindi
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi bog‘chada sodir bo‘lgan holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 16-avgust kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bolalarni qisqa muddatga nazoratsiz qoldirgan vaqtida yuz bergan.
O’sha paytda tarbiyalanuvchi 2023-yilda tug‘ilgan R.G. (qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi bola bilan o‘zaro tortishuvda tishlab olgan. Mazkur holatda bolalar parvarishiga yetarlicha e’tibor bermay nazorat qilmaganligi sababli bog‘cha tarbiyachisi T.Sh. lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda 2023-yilda tug‘ilgan R.G. ning ahvoli ijobiy bo‘lib, sog‘lig‘i uchun hech bir xavf mavjud emas.
Ulashish:
Sharhlar