Andijondagi kanaldan 5 yoshli qizchaning jasadi topildi, u O’shdan oqib kelgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanalidan kichik yoshdagi shaxs hayot alomatlarisiz topilgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi rasmiy munosabat e’lon qildi.
Ta’kidlanishacha, mazkur hodisa viloyat hamda tuman hokimliklari, shuningdek, viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.
Kichik yoshli bola taxminan 5-6 yoshda ekani taxmin qilinmoqda. Qiz bola jinsiga mansub.
Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari hududidagi tezkor o‘rganishlar davomida ushbu hududlarda bu yoshdagi farzandini yo‘qotgan hech bir oila yoki topilgan shaxsga, shu vaziyatga bog‘liq birorta holat aniqlanmadi.
Keyinroq qizcha Qirg‘izistonning O’sh shahridagi oiladan ekani tasdiqlandi.
Yuborilgan fotosurat orqali O’shdagi oila vakili bu qizaloq uning o‘z oilasidan ekanini tasdiqlagan.
Hozirda oila vakili Xo‘jaobod tumani sari yo‘lga chiqqanini bildirgan. Viloyat hokimligi va tegishli organlar tomonidan mazkur oilani qo‘llab-quvvatlash harakatlari tashkil etildi.
Avvalroq, kuchli sel tufayli Andijonda ko‘prik qulab tushgani haqda xabar berilgan edi.
Sharhlar