Angliya terma jamoasining afsonaviy murabbiyi Sven-Yoran Eriksson hayotdan ko‘z yumdi
Shvetsiyalik mutaxassisning sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson 76 yoshida vafot etdi.
“ Sven-Yoran Eriksson vafot etdi. Uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng u ertalab uyda, oilasi qurshovida olamdan o‘tdi. Eng yaqin motam tutganlar qizi Lina, o‘g‘li Yoxan rafiqasi Amana va nabirasi Skay bilan, otasi Sven, uning sherigi Yanisetta o‘g‘li Alsides bilan, ukasi Lars-Erik rafiqasi Yumnong bilan. Oila sizlardan qayg‘u chekish istagini hurmat qilishingizni va ular bilan bog‘lanmaslikni so‘raydi”, – deyiladi xabarda.
So‘nggi yillarda u saraton kasalligiga qarshi kurashdi, u operatsiya qilib bo‘lmaydigan oshqozon osti bezi saratoniga chalingandi.
Eriksson jahon futbolida o‘z izini qoldirib, qator nomdor klublarni, jumladan, “Latsio”, “Roma”, “Fiorentina” va “Manchester Siti”ni boshqardi. U Angliya, Kot-d’Ivuar va Meksika terma jamoalariga ham rahbarlik qildi. 2000-yilda Italiya A Seriyasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Sharhlar