Angren issiqlik elektr stansiyasida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar rad etildi

Foto: duowei.ru

Energetika vazirligi Angren issiqlik elektr stansiyasida yong‘in chiqqani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.

“Biroz avval ijtimoiy tarmoqda “Angrenda eski GRES hududida yong‘in sodir bo‘ldi” sarlavhali xabar e’lon qilindi.

Ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Angren IES hududida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Stansiya barqaror ishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabar mutlaqo yolg‘on”, — deyiladi xabarda.

Vazirlik shu o‘rinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda, bu kabi yolg‘on xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tgan

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.