Anhor Lokomotivdagi attraksionning to‘xtashiga elektr ta’minoti sabab bo‘lmagan

Foto: Videodan nusxa

“Kun.uz” telegram kanalida “Toshkent shahridagi Anhor Lokomotiv parkida attraksion to‘xtab qolib, 15 metr balandlikdagi karuselda odamlar qariyb 10 daqiqacha qolib ketishgan”, mazmunida videoxabar e’lon qilindi.

Videoxabarda attraksionning to‘xtashiga elektr ta’minotida uzilish sabab bo‘lgani aytilgan.

“Shuni ma’lum qilamizki, attraksionning to‘xtashiga tashqi elektr ta’minoti sabab bo‘lmagan, ya’ni hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli tarmoqda nosozlik yoki boshqa sabab bilan uzilish bo‘lmagan. Parkka uzluksiz ravishda elektr energiyasi yetkazib berilgan.Videodan ham ko‘rinib turibdiki, parkda elektr energiyasi mavjud. Attraksion to‘xtashiga tashqi elektr ta’minotining mutlaqo aloqasi yo‘q”, – deyiladi Energetika vazirligining telegram kanalida.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.