Anna Prakaten yarim finalga yo‘l oldi

Фото: Olympic.uz

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anna Prakaten Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati yozmoqda.

Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chorak final startida o‘z guruhida 2-bo‘lib marraga yetib keldi. Bu natija orqali u 1-avgust kuniga belgilangan yarim final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.