Anvar Anvarov Xorvatiyadagi xalqaro musobaqada kumush medalga sazovor boʻldi

Foto: Olympic.uz

Xorvatiyaning Zagreb shahrida yengil atletika boʻyicha “oltin” darajadagi xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov ishtirok etib, kumush medalga sazovor boʻldi.

Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 7.99 metr natija qayd etdi. Ahamiyatlisi, oltin medalga ega chiqqan yamaykalik Shon Tompson ham xuddi shunday natija koʻrsatgan. Biroq okean orti vakili ushbu masofani avvalroq zabt etgani uchun ustunlik Tompson tomonida boʻldi. Uchinchi oʻrin esa mezbon Roko Farkashga nasib etdi.

  • Shon Tompson (Yamayka) – 7.99 metr
  • Anvar Anvarov (Oʻzbekiston)  – 7.99
  • Roko Farkash (Xorvatiya)  – 7.90

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.