AQSh bosimi sabab Qatar Hamasni hududidan chiqarib yuborishga va’da berdi
OAV xabariga ko’ra, AQSh “XAMASning Qatarda bo’lishiga toqat qilmaydi”. Bu G’azodagi tinchlik muzokaralariga qanday ta’sir qiladi?
Reuters agentligining Vashingtondagi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan manbalari xabar berishicha, Qatar hukumati 10 kun avval Hamasning siyosiy vakolatxonasini o’z hududidan chiqarib yuborishga va’da bergan.
Xamasning Dohadagi vakolatxonasi 2012-yilda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Barak Obama ma’muriyatining guruh bilan aloqalarini davom ettirish talabiga binoan ochilgan.
Hamas vakillari Dohadan yaqin orada jo’nab ketishi haqidagi ma’lumotni rad etadi; Qatar rasmiylari hozircha vaziyatga izoh bermagan.
Xamasni Qatardan chiqarib yuborish chaqirig‘i Oq uyning iste’fodagi ma’muriyatining Jo Bayden prezidentlik lavozimini Donald Trampga topshirishi arafasida qandaydir tinchlik kelishuviga erishishga urinishi bo‘lib ko‘rinadi, deb yozadi BBC.
Sharhlar