AQSh davlat qarzi $36 trilliondan oshib, tarixiy rekordni yangiladi
AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat davlat qarzi $36 trilliondan oshib, yangi tarixiy natijaga yetdi. Bu haqida fiscaldata xabar bermoqda.
Davlat qarzi federal hukumatning kreditorlar oldidagi majburiyatlarini anglatadi. Bu qarz ikki asosiy qismga bo‘linadi: davlat ichidagi qarz va ommaviy qarz.
Bu turdagi qarz davlat idoralari, jumladan, pensiya jamg‘armalari oldidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oladi. U umumiy qarzning taxminan 20 foizini tashkil etadi va 2024-yil 21-noyabr holatiga ko‘ra $7,3 trillionni tashkil qiladi.
Bu qarz xususiy tuzilmalar, jismoniy shaxslar va xorijiy davlatlar oldidagi majburiyatlardan iborat. U davlat qarzining 80 foizini yoki qariyb $28,7 trillionni tashkil etadi.
AQSh hukumati davlat obligatsiyalarini chiqarish orqali qarz oladi. Ushbu qimmatli qog‘ozlarni AQSh Moliya vazirligi emissiya qiladi va ular mamlakatning ochiq bozorlari va birjalarida sotiladi. Har qanday shaxs ushbu obligatsiyalarni sotib olib, AQSh g‘aznasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Hozirda nominal qiymatda AQSh davlat qarzi dunyodagi eng katta qarz miqdoriga ega hisoblanadi.
Sharhlar