AQSh elchixonasi Qoraqalpog‘istondagi Yerejep Xalifa maqbarasini tiklashga grant ajratmoqda

Фото: uz.usembassy.gov

15-oktyabr kuni AQSh elchisi Jonatan Xenik Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli shahriga yangilangan Yerejep Xalifa maqbarasining ochilish marosimiga tashrif buyurdi. Markaziy Osiyo tadqiqotlar xalqaro instituti (The International Institute for Central Asian Studies – IICAS) ushbu jiddiy zaif tuzilmani tiklash uchun Elchilar jamg‘armasi (The Ambassadors Fund for Cultural Preservation – AFCP) tomonidan grant oldi.

AQSh elchixonasi ushbu AFCP granti uchun 12-asrga mansub Erejep Xalifa maqbarasini saqlab qolish uchun taxminan 80 000 dollar ajratdi. Geofizika, geodeziya, arxeologik tadqiqotlar, strukturaviy monitoring, 3D-skanerlash, fotogrammetriya va sanani radiouglerod usulida aniqlash kabi ilg‘or usullar maydon holatini batafsil tushunish uchun ishlatilgan. Joyga tashrif buyuruvchilarga maqbara tarixi va qo‘llanilgan konservatsiya usullari haqida batafsil ma’lumot beruvchi interaktiv elementlarga ega ma’lumot lavhalari o‘rnatildi. Shuningdek, mobil qurilmalarda mavjud bo‘lgan ma’lumot beruvchi audiogid ham ishlab chiqilgan bo‘lib, u ajoyib tajribani ta’minlaydi. Maqbara tarixi, tabiatni muhofaza qilish ishlari va tashrif buyuruvchilar uchun amaliy ma’lumotlarga oid maxsus www.mizdakhkan.com sayti ishga tushirildi.

“Ushbu muhim obida orqali Qoraqalpog‘istonning boy tarixi va madaniyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu Qoraqalpog‘istonning chuqur an’analari va qadimiy ruhini o‘zida aks ettiradi”, – deydi elchi Xenik maqbaraga tashrifi chog‘ida.  “Erejep Xalifa maqbarasining saqlab qolinishi AQSh va О‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam sheriklikdan dalolatdir. Elchilarning madaniy merosni asrash jamg‘armasi orqali biz О‘zbekistonning boy tarixini kelajak avlodlar uchun saqlab qolish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Bu sa’y-harakatlar madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi ikki tomonlama majburiyatimizni ham mustahkamlaydi”, – deya qo‘shimcha qiladi u.

Loyiha doirasida mahalliy olimlar va konservatorlar arxitekturani saqlash va turizmni barqaror rivojlantirishga bag‘ishlangan seminarlarda ishtirok etishdi. Trenerlar ularni ilg‘or geodeziya va fotogrammetriya usullari bilan tanishtirdi, bu ularning madaniy meros obуektlarini aniq hujjatlashtirish va saqlash qobiliyatini yanada oshiradi. Ishtirokchilar, shuningdek, madaniy obуektlarni targ‘ib qilish va kelajak avlodlar uchun ularning yaxlitligi va haqiqiyligini saqlash o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi barqaror turizm strategiyalarini o‘rganib chiqdilar.

2001-yilda AQSh Kongressi tomonidan tashkil etilgan va AQSh Davlat departamenti tomonidan boshqariladigan Elchilarning madaniy merosni saqlash jamg‘armasi (AFCP) atrofdagi rivojlanayotgan mamlakatlarda madaniy obуektlar va to‘plamlar hamda an’anaviy madaniy ifodalanish obуektlarini saqlash uchun bevosita grant yordamini ko‘rsatadi. 2001-yildan buyon Jamg‘arma О‘zbekistonda qadimiy va tarixiy binolarni tiklash, nodir qo‘lyozmalar va muzey kollektsiyalarini baholash va saqlash, muhim arxeologik yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish, an’anaviy hunarmandchilik texnikasini hujjatlashtirishga qaratilgan umumiy qiymati 1 million 300 ming dollarlik 15 ta loyihani qo‘llab-quvvatladi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.