AQSh Germaniyani Ukraina qurolli kuchlariga RF ichkarisiga zarbalar berishga ruxsat bergani haqida xabardor qildi

фото: mosregtoday.ru

Germaniya kantsleri matbuot kotibi Volfgang Byuxnerning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya hududiga ATACMS raketalari bilan zarbalar berish uchun Ukrainaga ruxsat berilgani haqida mamlakat rasmiylarini xabardor qildi, deb yozadi Tagesschau nemis portali.

Berlin Vashingtonning qarori kansler Olaf Sholsning Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berishdan bosh tortishiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. “Yo‘q, bu Germaniya hukumatining Taurus raketalarini yetkazib berish bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirmaydi”, – dedi Byuxner Berlindagi matbuot anjumanida.

Shols fevral oyi oxirida ushbu raketalarning yetkazilishiga qarshi chiqqandi. Keyin u o‘z qarorini Germaniyani Ukrainadagi mojaroga jalb qilish xavfi bilan izohladi.

Avvalroq Le Figaro  nashri Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga SCALP va Storm Shadow raketalari yordamida Rossiya ichkarisiga zarbalar berishga ruxsat bergani haqida xabar bergan edi. Biroq keyinchalik matnning bu qismi saytdan olib tashlangandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.